• Azim Mullaxonov - Ona

    Azim Mullaxonov

    Mehribon ona

    Yuragingda g’am bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa.
    G’am chekkali dam bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa. (x2)

    Baxtli kechar onlaring,
    Dard bilmagay jonlaring, (x2)
    Kulfatlaring ham bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa. (x2)

    Izingdan qolib ko’zi,
    Asragay seni o’zi,
    Kiprigingda nam bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa.

    Navo solib sehridan,
    Davo olib mehridan,
    Ruhing o’chgan sham bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa.

    Ruhing o’chgan sham bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa.

    Baland bilib izzatin,
    Mudom qilgin xizmatin, (x2)
    Aziz boshing xam bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa. (x2)

    Yuragingda g’am bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa.
    G’am chekkali dam bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa.

    G’am chekkali dam bo’lmas,
    Mehribon onang bo’lsa.
    Jonajon onang bo’lsa,
    Mehribon onang bo’lsa.