Azim Mullaxonov - Sevgimga sevgilim

Azim Mullaxonov

Sevgimga sevgilim

Sevgimga, sevgilim,
Vafolaring shumi?
G’urbatda otganing
Javolaring shumi? (x2)

Hajru firoqingda
O’rtandi jonim.
Dilimni o’rtagan
Navolaring shumi? (x2)

Umidim ishonchi,
Sevgim quvonchi.
Dardimga berganing
Davolaring shumi? (x2)

Sevgimga, sevgilim,
Vafolaring shumi?
G’urbatda otganing
Javolaring shumi? (x2)

Bilmadim, ne sabab
Mendan arazlading.
Va’dangga qilganing
Vafolaring shumi? (x2)

Bilginki, mendayin
Hech kim seni sevmas.
Sevgimga javoban
Sadolaring shumi? (x2)

Sevgimga, sevgilim,
Vafolaring shumi?
G’urbatda otganing
Javolaring shumi? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgimga sevgilim
Xonanda:
Azim Mullaxonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 19, 2015