Azim Mullaxonov - Suhbatingga tashnaman

Azim Mullaxonov

Suhbatingga tashnaman

Suhbatingga tashnaman, janon,
Dil sog’inchim tinglamasmisan?
Gaplarim ko’p aytgani, inon,
Ko’zlarimdan anglamasmisan?

Gaplarim ko’p aytgani, inon,
Ko’zlarimdan anglamasmisan?

Qalbimdagin izhor qilolmay,
Termulaman har ko’rganimda.
O’z-o’zimni o’zim bilolmay,
Bir o’t yonar jismu tanimda.

O’z-o’zimni o’zim bilolmay,
Bir o’t yonar jismu tanimda.

Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman, janon. (x2)

Bu sevgimi yoxud xushtorlik?
Boramanu, aytmay qaytaman. (x2)
Qiynar yurak, qiynar xumorlik,
Bir kun shaksiz senga aytaman. (x2)

Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman, janon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Suhbatingga tashnaman
Xonanda:
Azim Mullaxonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2015