• Azim Mullaxonov - Unutmadingmu

    Azim Mullaxonov

    Unutmadingmu

    Oylar o’tdi bedor, beshafqat,
    Erkam, meni unutmadingmu? (x2)
    Xayolimda hamon sen faqat,
    Erkam, meni unutmadingmu?

    Erkam, meni unutmadingmu?
    Erkam, meni unutmadingmu? (x2)

    Bahor kelsa, gulda ko’raman,
    Sen xush ko’rgan yo’ldan yuraman.
    Ba’zan qirdan, cho’ldan yuraman,
    Erkam, meni unutmadingmu?

    Erkam, meni unutmadingmu?
    Erkam, meni unutmadingmu? (x2)

    G’ozlar uchsa, ko’lga boqaman,
    Turna o’tsa, yo’lga boqaman,
    Dilim yonsa, gulga boqaman,
    Erkam, meni unutmadingmu?

    Gulim qo’lda so’lmasidan, kel,
    Do’stu dushman kulmasidan, kel,
    Ishqing dilda so’nmasidan, kel,
    Erkam, meni unutmadingmu?

    Erkam, meni unutmadingmu?
    Erkam, meni unutmadingmu? (x2)

    Erkam, meni unutmadingmu?