Aziz Rajabiy - Baxt yetaklab

Aziz Rajabiy

Baxt yetaklab

Baxt yetaklab keldi yoring
Ostonangga-yey, yor-yor. (x2)
Baxt quyoshi shu’la sochgan
Peshonangga-yey, yor-yor. (x2)

Baxt quyoshning tantanasi –
To’y kechasi-yey, yor-yor.
Bayram ruhi bilan yashnar
Yor ko’chasi-yey, yor-yor.

Bayram ruhi bilan yashnar
Yor ko’chasi-yey, yor-yor.

Ozod inson mehnatidan
Yurt obodon-ey, yor-yor. (x2)
Yer yuzida eng ko’rkam el –
Bizning Vatan-ey, yor-yor. (x2)

Vatanimiz sharafiga
Jonlar fido-yey, yor-yor. (x2)
Ta’rifingni qancha aytsam,
Bo’lmas ado-yey, yor-yor. (x2)

Baxt yetaklab keldi yoring
Ostonangga-yey, yor-yor. (x2)
Baxt quyoshi shu’la sochgan
Peshonangga-yey, yor-yor. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxt yetaklab
Xonanda:
Aziz Rajabiy
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 11, 2015