Aziz Rajabiy - Pinhona

Aziz Rajabiy

Pinhona

Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
Borgin, deydi, begona.

Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
O`zin tutar begona.

Kechalari o`ylonadi,
Yor ishqida bo`zlaydi.
Sevasanmu, deb so`rasam, yor
Sevmayman, deb qiynaydi.

Sevasanmu, deb so`rasam-ey,
Sevmayman, deb qiynaydi.

Ketganimda ortimdan
Uzolmaydi ko`zini,
Kelganimda aytmaydi
Yurakdagi so`zini.

Atay boqsam o`zga qizga,
Rashk qiladi beomon.
Kechalari chidolmayin,
Yig`lab chiqadi yomon. {x2}

Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
O`zin tutar begona.

Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
Borgin, deydi, begona.

Yonganda ham bir umrga,
Ishqin qilmaydi oshkor.
Sevasanmu, deya hech bir
Savol bermang qizlarga.

So`zlashganda ko`ziga
Asta boqing bir bora.
Sevgisini seza olasiz,
Ma’yus boqqan ko`zlardan. {x2}

Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
O`zin tutar begona.

Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
Borgin, deydi, begona.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Pinhona
Xonanda:
Aziz Rajabiy
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2015