Aziz Rametov - Sen kelmading

Aziz Rametov

Sen kelmading

Ko’zlarim har oqshom izlaydi sani,
Yuragim yo’lingda bo’zlaydi mani.
Sensiz bog’larimda ochilmas gulim,
Ne qilay, bir seni sog’insa dilim? (x1+x1)

Yana keldi, uchdi, keldi qushlar,
Sen kelmading, qoldi yonishlar.
Yana keldi, uchdi, keldi qushlar,
Sensiz bahor o’rnida qishlar.

Xayolimdan ketmas sendagi
O’sha sirli, nozli kulishlar.
Qayda qoldi birga yurishlar?

Ko’zlaring misoli qaro tun edi,
Yuzlaringdan ziyo mahliyo edi.
Lablari g’unchadek, go’zal malikam,
Qaydasan, kel endi, bo’l maning erkam.

Yana keldi, uchdi, keldi qushlar,
Sen kelmading, qoldi yonishlar.
Yana keldi, uchdi, keldi qushlar,
Sensiz bahor o’rnida qishlar.

Xayolimdan ketmas sendagi
O’sha sirli, nozli kulishlar.
Qayda qoldi birga yurishlar?

Yana keldi, uchdi, keldi qushlar,
Sen kelmading, qoldi yonishlar.
Yana keldi, uchdi, keldi qushlar,
Sensiz bahor o’rnida qishlar.

Xayolimdan ketmas sendagi
O’sha sirli, nozli kulishlar. {x2}
Qayda qoldi birga yurishlar?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen kelmading
Xonanda:
Aziz Rametov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2016