• Sevaman deysiz-u, qiynaysiz nega?
    Chaqirsam uyalib, kelmaysiz nega? (x2)
    Ko`yingizda ado bo`lgan oshiqman,
    “Chiq” desam, uchrashuvga chiqmaysiz-a,
    “Kel” desam, uchrashuvga kelmaysiz-a.

    Uyiga borsam poylab kechasi,
    O`zi chiqmay, chiqadi-yey ukasi. (x2)
    Shunda ham bahona topasiz menga,
    “Chiq” desam, uchrashuvga chiqmaysiz-a,
    “Kel” desam, uchrashuvga kelmaysiz-a.

    Qo`rqaman deysiz-u, nedan qo`rqasiz?
    Baribir bir kunmas bir kun chiqasiz. (x2)
    Ibo-yu hayoni bilgan oy yuz-a,
    “Chiq” desam, uchrashuvga chiqmaysiz-a. (x2)

    Sevaman deysiz-u, qiynaysiz nega?
    Chaqirsam uyalib, kelmaysiz nega? (x2)
    Ko`yingizda ado bo`lgan oshiqman,
    “Chiq” desam, uchrashuvga chiqmaysiz-a. (x2)
    “Kel” desam, uchrashuvga kelmaysiz-a.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.