• Azizshox - Sen bor

    Azizshox

    Sen bor

    Ha, yana kunlar o`tmoqda, qalbim seni kutmoqda,
    Lekin javobing yo`q hanuzgacha.
    Tunlarim bedorlikda, kunlarim mahzunlikda,
    Bu hol davom etar qachongacha?

    Ey, ey, nolalarim behuda sarson etma,
    Ou ou, holatimni mahzun aylama.
    Ha, ha, seni jondan axir aniq sevaman,
    Yo`q, yo`q mendan hech gumonsirama.

    Sen bor yashayman umidga to`lib,
    Sen bor orzularga ko`milaman.
    Sen bor yashayman borligini his etib,
    Albat orzularga men yetaman. (x2)

    Butkul o`zgartirding hayotimni sen,
    Ey go`zal, ko`zi qaro.
    So`zlamaysan ichingdagini lek,
    Ko`zlaring to`la ma’no.

    Ey, ey, nolalarim behuda sarson etma,
    Ou ou, holatimni mahzun aylama.
    Ha, ha, seni jondan axir aniq sevaman,
    Yo`q, yo`q mendan hech gumonsirama.

    Sen bor yashayman umidga to`lib,
    Sen bor orzularga ko`milaman.
    Sen bor yashayman borligini his etib,
    Albat orzularga men yetaman. (x2+x3)