• Do`stim!
    Do`stim, dard-u sitam zarbini
    Turfa tashvish tushsa bilarsan.
    Bahor, yoz-u kuzning qadrini
    Bemahal qish tushsa bilarsan.

    Hayot ayni hikmat bo`lganin,
    Umring aziz ne’mat bo`lganin,
    Chaynab yemoq rohat bo`lganin
    Og`zingdan tish tushsa bilarsan.

    Chaynab yemoq rohat bo`lganin
    Og`zingdan tish tushsa bilarsan.

    Omad kelsa, boring ko`p bo`lar,
    Suhbatingga zoring ko`p bo`lar,
    Qarindoshing, yoring ko`p bo`lar,
    Oshig`ing pesh tushsa bilarsan.

    Qarindoshing, yoring ko`p bo`lar,
    Oshig`ing pesh tushsa bilarsan.

    Bevafoning shaytonligini,
    Bo`salari arzonligini,
    Qo`yningda bir chayonligini
    Tanangga nish ursa bilarsan.

    Qo`yningda bir chayonligini
    Tanangga nish ursa bilarsan.

    Dunyo!
    Dunyo bir kam, dunyo berahm,
    Bog`i yarim, sahrosi yarim.
    Kimlar g`anim, kim oshno karim
    Boshingga ish tushsa bilarsan.

    Kimlar g`anim, kim oshno karim
    Boshingga ish tushsa bilarsan.

    Do`stim, do`stim, do`stim…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.