Ko`chamizdan o`tarsan-ey, yuragimni yoqib-yoqib,
Poshnangni taqillatib, barmoqlaring shaqillatib.
Bunchalar go`zalsan-ey, qaysi bog`da o`sgansan-ey,
Bir qarab yuragimni sochlaringga osgansan-ey. (x2)

Guli, Guli, gulim-o,
Jon-ey, jon-ey, jonim-o,
Mani qiynash senga foyda bo`lam-o?
Muchchi-muchchi gulim-o,
Muchchi-muchchi gulim-o,
Bittagina o`psam uyat bo`lam-o?

Boqaman sarak-sarak, bo`lmadi sendan darak,
Men o`zim to`ppa-to`g`ri uylaringga borsam kerak.
Kerak emas dunyo, sen menga bir dunyo,
Yor bo`lmaguningcha-ey endi tinchimasam kerak. (x2)

Guli, Guli, gulim-o,
Jon-ey, jon-ey, jonim-o,
Mani qiynash senga foyda bo`lam-o?
Muchchi-muchchi gulim-o,
Muchchi-muchchi gulim-o,
Bittagina o`psam uyat bo`lam-o?

Orzularim ushaltirib, ko`rganlarni kuydirib,
Kel, yorim, quchog`ima, yana-yanada suydirib.
Mayli parvonang bo`lay, sen yaxshi, yomon bo`lay,
Cholu kampir bo`lganda ham yoningda o`zim bo`lay. (x2)

Guli, Guli, gulim-o,
Jon-ey, jon-ey, jonim-o,
Mani qiynash senga foyda bo`lam-o?
Muchchi-muchchi gulim-o,
Muchchi-muchchi gulim-o,
Bittagina o`psam uyat bo`lam-o? (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulim-o
Xonanda:
Bahriddin Zuhriddinov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2016