O`zim bildim ko`zim bilan ko`rganlarim,
Goh ezilib, goho to`lib yurganlarim.
Yaxshi-yomon kunlarimda yonimdasiz-ey,
Hayotimning quvonchisiz, jigarlarim.

Yelkangizda ko`tardingiz g`amlarimni,
Bitta-bitta to`ldirdingiz kamlarimni.
Omadlarga tutashtirgan yo`llarimni-yey,
Hayotimning quvonchisiz, jigarlarim.

Jigarlarim, jigarlarim, mani erka deganlarim,
Xatolarimni to`g`ri deb, yelkadosh turganlarim.
Jigarlarim, jigarlarim, mani erka deganlarim,
Xatolarimni to`g`ri deb, yelkadosh turganlarim.

Men yomonni suyib, yaxshi degan ham siz,
Dard cheksam, yelib yetib kelgan ham siz.
Baxt deganda ko`z oldimga kelgan ham siz,
Hayotimning quvonchisiz, jigarlarim.

Keling endi, bugun sizga kuylab beray,
Davra oling, o`rtasida o`ynab beray.
Baxtimizni bo`lishamiz oykulchaday,
Hayotimning quvonchisiz, jigarlarim.

Jigarlarim, jigarlarim, mani erka deganlarim,
Xatolarimni to`g`ri deb, yelkadosh turganlarim.
Jigarlarim, jigarlarim, mani erka deganlarim,
Xatolarimni to`g`ri deb, yelkadosh turganlarim. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jigarlarim
Xonanda:
Bahriddin Zuhriddinov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 13, 2016