Xayolparast yoshligimni eslasam jim,
Orzu bilan olar edim bir janonni.
Tegmasligi aniq bo`lsa hamki menga,
Eh, Lolaxonni sevar edim, Lolaxonni. (x2)

Eslayman men dilginamning armonlarin,
Ortda qolgan yosh davrimning davronlarin.
Yuragimda o`chmas sevgimning dog`lari,
Eh, Lolaxonni sevar edim, Lolaxonni. (x2)

Kapalaklar silar ekan sevgan gulin,
Ko`rdim tongda shabnamlari qo`nganini.
Kim bilibdi men hofizning sevganini,
Eh, Lolaxonni sevar edim, Lolaxonni. (x2)

Lolaxonni sevar edim, Lolaxonni…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lolaxon
Xonanda:
Bahriddin Zuhriddinov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 14, 2017