Aylanay gul kabi pardozlaridan,
Qaldirg`och qoshining parvozlaridan,
Dilda ishq toshadi ko`rganim sayin,
Aylanay so`zidan, sho`x nozlaridan.

Tinglamas so`zimni nozli malagim,
Har oshiq ahlidan joni halagim.
Eshitsa yaproqdek titrar yuragim,
Ovozlaridan, ovozlaridan. (x2)

Aylanay gul kabi pardozlaridan,
Qaldirg`och qoshining parvozlaridan,
Dilda ishq toshadi ko`rganim sayin,
Aylanay so`zidan, sho`x nozlaridan.

Bilmadim sevganin, balki saralar,
Beparvo yurishi bag`rim yaralar,
Har lahza ayriliq kuyi taralar
So`zlaridan. (x2)

Aylanay gul kabi pardozlaridan,
Qaldirg`och qoshining parvozlaridan,
Dilda ishq toshadi ko`rganim sayin,
Aylanay so`zidan, sho`x nozlaridan.

Ishqimning ertasi bilmam gumonli,
Sevgilim bilmayman qay yon tomonli,
Yondima, kuydima har kun hijronli
Yozlaridan. (x2)

Aylanay gul kabi pardozlaridan,
Qaldirg`och qoshining parvozlaridan,
Dilda ishq toshadi ko`rganim sayin,
Aylanay so`zidan, sho`x nozlaridan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shaxboz Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aylanay
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 6, 2016