Bahrom Nazarov - Bahor gullari

Bahrom Nazarov

Bahor gullari

Shukronalar aytay, aytay sanolar,
Turna karvoniga to`lmish samolar. (x2)
Umri farzonalar, aziz momolar,
Umri farzonalar, aziz momolar,

Bahor, gullar sizga to`yona bo`lsin,
Sizga to`yona bo`lsin, sizga to`yona bo`lsin. (x2)

Sochingizga zebdir tol bargaklari,
Maynalar cho`p tashirlar sergaklanib. (x2)
Yam-yashil maysalarga yo`rgaklanib,
Uyg`onuvchi bog`lar gulxona bo`lsin.

Bahor, gullar sizga to`yona bo`lsin,
Sizga to`yona bo`lsin, sizga to`yona bo`lsin. (x2)

G`unchalar labini ochar xandaga,
Suluvlar o`t qalar qo`sh chirmandaga. (x2)
Bahorga zoru-zor mendek bandaga,
Dutorin sozlashga bahona bo`lsin.

Bahor, gullar sizga to`yona bo`lsin,
Sizga to`yona bo`lsin, sizga to`yona bo`lsin.

Turna qanotida keladi bahor,
Bulbul bayotida keladi bahor. (x2)
Ko`klamni sog`inib yashnadik, alhol,
Qutlug` diyorimiz to`yxona bo`lsin.

Bahor, gullar sizga to`yona bo`lsin,
Sizga to`yona bo`lsin, sizga to`yona bo`lsin. (x2)

E’tibor Oxunova “Ko`zingda jilmayar yog`dular” she’ri.

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bahor gullari
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 15, 2016