Bahrom Nazarov - Farg'onada bittagina

Bahrom Nazarov

Farg’onada bittagina

Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina, {x2}
Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina. {x2}

Sen kabi diydori tabib, nozi shifo qayda yana? {x2}
Men kabi dardi bedavo Farg`onada bittagina. {x2}

Sen kabi sultoni husn Turon aro bir donadir, {x2}
Men kabi husningga gado Farg`onada bittagina.

Sen kabi jon ofatini yuz yil bino etsa Egam, {x2}
Men kabi yuz joni fido Farg`onada bittagina. {x2}

Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina,
Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina.

Farg`onada bittagina… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shermuhammadga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farg’onada bittagina
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 3, 2016