• Kelgil, ey oromijon,
    Oldi qarorim intizor.
    Yo`lim uzra tufrog` etdi,
    Jismi zorim intizor,
    Jismi zorim intizor. (x2)

    Tun-kun afg`onlar chekib,
    El ichra rasvo bo`lmisham.
    Qo`ymamish ishqing aro,
    Nomus-u orim intizor.

    Intizoring torta-torta,
    Bo`lmisham zor-u, zaif.
    Ohkim, oxir mening
    Ketdi madorim, intizor.

    Kelgil, ey oromijon,
    Oldi qarorim intizor.
    Yo`lim uzra tufrog` etdi,
    Jismi zorim intizor,
    Jismi zorim intizor.

    Necha alvon va’da birla,
    To manga berding firib.
    Tiyr aro ohim dil etding,
    Ro`zg`orim intizor.

    Ogahiyni iltifotingdin
    Agar shod etmasang,
    Begumon o`lturgay oning,
    Ey, nigorim intizor.

    Kelgil, ey oromijon,
    Oldi qarorim intizor.
    Yo`lim uzra tufrog` etdi,
    Jismi zorim intizor,
    Jismi zorim intizor. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.