Bahrom Nazarov - Jimbir-jimbir qo'shiq matni, lyrics

Bahrom Nazarov

Jimbir-jimbir

Ikki qumning o`rtasi –
Bordir Xiva qal’asi.
Kecha-kunduz tinmaydi-yey
Komiljonning navosi.

Mag`rib-u Mashriqqa yetar
Lazgisining sadosi.
Bu ulusning insonlari
Kuy-qo`shiqning gadosi.

Jimbir-jimbir etar,
Yurakni jimbird atar.
O`ynamiyin ilojing yo`q,
Tanangni qaltiratar. (x2)

Yorga bichilgan ko`ylak
Yoqasi gulli-gulli,
Tinmay ko`zin o`ynatib,
Tovlanar turli-turli.

Yorning kelar chog`inda,
Mula bo`yli bog`inda,
Kuta-kuta qovrildim-a
Sevganimning dog`inda.

Jimbir-jimbir etar,
Yurakni jimbird atar.
O`ynamiyin ilojing yo`q,
Tanangni qaltiratar.

Jimbir-jimbir etar,
Yurakni jimbird atar.
O`ynamiyin ilojing yo`q,
Lazgidin jona yoqar.

Lazgi kuyin chal dedim,
O`ynab, jo`sh uray dedim, (x2)
Ola kisht-a goh dedim, {x2}
Qarako`z janingdan-ey,
Ola go`z bo`y-bo`y.

Jimbir-jimbir etar,
Yurakni jimbird atar.
O`ynamiyin ilojing yo`q,
Tanangni qaltiratar. (x4)

Jimbir-jimbir etar,
Yurakni jimbird atar.
O`ynamiyin ilojing yo`q,
Lazgidin jona yoqar.

Yurakni jimbird atar…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jimbir-jimbir
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 25, 2017