• Ortingdan zor bo`zlab qoldi ko`zlarim,
    Izlaringni izlab qoldi ko`zlarim.
    Nahot bugun sen meni tark aylading,
    Sevgimni rad aylading?

    Sen meni unutding,
    Nahotki, nahotki, nahotki?
    Sevgimni unutding,
    Nahotki, nahotki, nahotki?
    Sen meni-meni tark etding,
    Nahotki, nahotki, nahotki?
    Meni-meni unutding, unutding.

    Meni yolg`iz qoldirib sevgim bilan,
    Baxting paydo aylading ayt kim bilan?
    Ishq rishtasin qayg`ularga boylading,
    Sevgimni rad aylading.

    Sen meni unutding,
    Nahotki, nahotki, nahotki?
    Sevgimni unutding,
    Nahotki, nahotki, nahotki?
    Sen meni-meni tark etding,
    Nahotki, nahotki, nahotki?
    Meni-meni unutding, unutding. (x2)

    Sen meni unutding!