Bahrom Nazarov – Nega uchrashdik qo'shiq matni, lyrics

Bahrom Nazarov

Nega uchrashdik

Endi sen o`zganing sevikli yori,
Bosh olib ketaman sendan yiroqlab.
Endi sen qalbimning mangu armoni,
Lek ko`nglim yonadi seni so`roqlab.

Endi sen qalbimning mangu armoni,
Lek ko`nglim yonadi seni so`roqlab.

Nega uchrashdik-ey, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?
Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?

Kuygan bu ko`ngilning aybi ne edi?
Nechun ayrildim men yetmay vaslingga?
Suygan bu ko`ngilning aybi ne edi-yey,
Nechun ayrildim men yetmay vaslingga?

Bugun o`zga yoring yoningda sening, {x2}
Bu savol azob berar mening qalbimga. {x2}

Nega uchrashdik-ey, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?
Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?

Yuragim tilkalar hijron xanjari,
Sendan yiroqlashib ketganim sari. (x2)
Ko`ngilni o`rtaydi so`ngsiz bir qiynoq,
Tinchlik bermaydi sira yana shu so`roq.

Nega uchrashdik, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?
Nega uchrashdik-ey, nega uchrashdik,
Ayt, nega uchrashdik birga bo`lmasak?

Nega uchrashdik jonim, birga bo`lmasak?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nega uchrashdik
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 29, 2017