• Bahrom Nazarov - Olti yoshli qiz qo'shiq matni, lyrics

    Bahrom Nazarov

    Olti yoshli qiz

    Soy qirg`oqda olti yoshli qiz
    Turar yig`lab, suvni sho`rlatib.
    Oh, shunchalar dilsizmi dunyo?
    Murg`ak dilni qo`ydi xo`rlatib.

    Qo`lchasida maydagul ro`mol,
    Yuzin bosar, hidlaydi to`yib.
    Goh ro`molga so`zlashar, ey voh,
    Bor dunyoni bir chetga qo`yib.

    Pichirlaydi: “Nedir gunohim,
    Nega bunday ayriliq judo?” {x2}
    Yolvoraman, nimam olsang ham,
    Sen onamni qaytib ber, Xudo. {x2}

    Go`zal edi, cheksiz mehribon,
    Erka edim, berardim savol.
    Bugun yolg`iz, boqaman holsiz,
    Sen onamga o`xshaysan, hilol.

    Nima ko`rdim? Har lahzada dard,
    Bunda har ne, topilarkan osh.
    Qachonlardir qo`lim kuydirgan,
    Sen onamning kulchasi – Quyosh.

    Qo`msayabman dilimda titroq,
    Poying izlab ovora halak, {x2}
    Ming urinmay menga benasib,
    Sen onamni o`pib qo`y, falak. {x2}

    Soy qirg`oqda turar olti yoshli qiz,
    Yig`laydi zor, ko`nglida nido.
    Pichirlaydi: “Jonim ol, haqqi –
    Kel, onamni qaytib ber, Xudo…”

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.