• Bahrom Nazarov - Oshiq bo'lmisham

    Bahrom Nazarov

    Oshiq bo’lmisham

    Ey yoronlar,
    Ey yoronlar, bir yuzi gul oyga oshiq bo`lmisham, {x2}
    Barchaning maqsudi, gul ra’noga oshiq bo`lmisham. {x2}
    Bulbuliman bog` aro, g`avg`oga oshiq bo`lmisham, {x2}
    O`zi g`oyib, zulflari yaldoga oshiq bo`lmisham, {x2}
    Manzilim bog` ichradur, sahroga oshiq bo`lmisham.

    Qalbim ichra yor g`amidur, manzilim sahroda hay,
    Tortishim g`am-g`ussayu o`xshaymanu Farhodga ham.
    Soldi ishqing, {x2} dilbaro jonu jigarni o`tga hay,
    Vo darig`o, kechdi umrim, zoye berdim, boda hay, {x3}
    Ohi ko`p, afg`oni ko`p, barnoga oshiq bo`lmisham.

    Bilmadim, ne bahri yerdur, ne muazzam tog`idur?
    Oldi ko`nglim, ketdi aqlim, tan mudom ne chog`idur.
    Nisbat etmak, {x2} bo`lmas aslo, umri bulbul zog`idur,
    El g`araz, har zulfina yetmish ming er tuzog`idur, {x2}
    Qaddu qomati baland zeboga oshiq bo`lmisham.

    Istamas yorim mani, ul yorga zorim yo`q manim, {x2}
    Qolmisham hayron bo`lib, hayrat, madorim yo`q manim. {x2}
    Oldi jonim,
    Oldi jonim ishqi o`ti, ixtiyorim yo`q mani, {x2}
    Kelsa aqlim tark etar, ketsa qarorim yo`q manim. {x2}
    Kiprigi o`q, qoshlari ul yoyga oshiq bo`lmisham.