• Bahrom Nazarov - Otajon-onajon

    Bahrom Nazarov

    Otajon-onajon

    Duoyingiz ko`zlarimning nurlari,
    Borligingiz qalbimning huzurlari. (x2)
    Parvonasiz kecha-kunduz qoshimda,
    Shundan tinmas tilimning shukurlari. (x2)

    Otajon, onajon – jonim madori,
    Otajon, onajon – baxtim tumori. (x2)

    Umrim tilab duodasiz hamisha,
    Omad qushi boshimdadir har ishda. (x2)
    Sizlar borki, to`lib turar koshonam,
    Mening jonim qiynalmaydi tashvishda. (x2)

    Otajon, onajon – jonim madori,
    Otajon, onajon – baxtim tumori. (x2)

    Farzandlarim to`yin ko`rib,
    Nabiralar bo`yin ko`rib, (x2)
    Yana baxtin ko`ring deyman
    To`qsonu-yuz yoshga kirib. (x2)

    Otajon, onajon – jonim madori,
    Otajon, onajon – baxtim tumori. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.