• Ne go’zaldir, aqlim hayron,
    Ko’rdim-u nogoh bo’ldim parishon,
    Bo’ldim parishon.

    Ne g’azaldir, ko’zi jayron,
    Qayrilib boqsa asta men tomon,
    Aylanmas zabon.

    Bu pari-pari, shu pari-pari
    Kimning dilbari?
    Yori bormi, zori bormi
    Ko’nglida balki.
    O’zim Majnunman bo’lsa u Layli. (x2)

    Oshiq yurak ishq deb halak,
    Duch keldi oxir men kutgan malak,
    Baxtimdan darak.

    Hijron bekor, dil umidvor,
    O’ziga tanho bo’lsam o’zim yor,
    Aylab baxtiyor.

    Bu pari-pari, shu pari-pari
    Kimning dilbari?
    Yori bormi, zori bormi
    Ko’nglida balki.
    O’zim Majnunman bo’lsa u Layli. (x2)

    Hey, bu pari-pari, shu pari-pari
    Ko’nglim dilbari.
    Yori bo’lay, bori bo’lay
    Yonida mayli.
    O’zim Majnunman u bo’lsa Layli.

    E, bu pari-pari, shu pari-pari
    Ko’nglim dilbari.
    Yori bo’lay, bori bo’lay
    Yonida mayli.
    O’zim Majnunman, u bo’lsin Layli.