• Bahrom Nazarov - Qaramading

    Bahrom Nazarov

    Qaramading

    Yuragimni chizib berdim, qaramading,
    Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
    Hayotimning har lahzasin qo’llaringga
    Kiprigingday tizib berdim, qaramading.

    Qaramading, indamading, o’ylamading,
    Yurakkinam ezib-ezib hech qonmading.
    Iztirobdan tanu jonim yonib ketdi,
    Sen toshmiding, temirmiding, hech yonmading?

    Qaramading, indamading, o’ylamading,
    Yuragimni ezib-ezib hech qonmading.
    Iztirobdan tanu jonim yonib ketdi,
    Sen toshmiding, temirmiding, hech yonmading?

    Yuragimni chizib berdim, qaramading,
    Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
    Hayotimning har lahzasin qo’llaringga
    Kiprigingday tizib berdim, qaramading.

    Gar kuy bo’lsang, qaysi tordan taralgansan?
    Ko’zgu bo’lsang, qay tomonga qaralgansan? (x2)
    Anglolmadim, bilolmadim, muhabbatda
    Men sen uchun, sen kim uchun yaralgansan? (x2)

    Yuragimni chizib berdim, qaramading,
    Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
    Hayotimning har lahzasin qo’llaringga
    Kiprigingday tizib berdim, qaramading.

    Yuragimni uzib berdim, qaramading,
    Orzuyimni suzib berdim, qaramading.
    O’tmishimni, kechmishimni boshdan oyoq,
    Vayronadek buzib berdim, qaramading.

    Yuragimni chizib berdim, qaramading,
    Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
    Hayotimning har lahzasin qo’llaringga
    Kiprigingday tizib berdim, qaramading.