Manki bu kun bir parivash dilrabog`a uchradim,
Õlmaguncha ayrila olmas balog`a uchradim. (x2)

Emdi jondin gar umid uzsam, tong ermas bõylakim,
Kõzi qotil, kiprigi õq, qoshi yoyg`a uchradim. (x2)

Manki bu kun bir parivash dilrabog`a uchradim,
Õlmaguncha ayrila olmas balog`a uchradim. (x2)

To uning ruxsori pur-anvorig`a qildim nazar,
Zarrayidurmanki mehri pur ziyog`a uchradim.

Zulfig`a tushdi kõzim, boqmoq tilab ruxsorig`a,
Vah ne tongkim, ganj istab, ajdaxog`a uchradim.
Qoshi yoyg`a uchradim.

Manki bu kun bir parivash dilrabog`a uchradim,
Õlmaguncha ayrila olmas balog`a uchradim. (x2)

Vaslidin kõp va’da aylab, qilmadi birga vafo,
Hech bilmamkim ne yanglig` bevafog`a uchradim.

Ey tabib, endi davoyi aylamakdin chek qõling,
Kim man, ey dil xasta, dardi bedavog`a uchradim.

Ogahiy ayb aylama, ohu-fig`onim kim bu kun,
Bir nigori tundhoyu pur jafog`a uchradim. (x2)

Manki bu kun bir parivash dilrabog`a uchradim,
Õlmaguncha ayrila olmas balog`a uchradim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uchradim
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 3, 2017