Bahrom Nazarov - Yana keldim

Bahrom Nazarov

Yana keldim

Yana keldim seni izlab, yorim,
Vasling o`ylab, isming so`ylab,
Sog`inib seni, jonim.
Mana keldim seni izlab, yorim,
Shahzodang bo`lib, bir nazar qilib,
Tinglagin qalbim zorin, yana keldim.

Ne-ne sanamlar o`tdi kulib,
Sensiz alamlar tutdi qo`lim.
Og`ir qadamlar kesdi yo`lim,
Sen deya, ishq deya, esla har soniya
Bo`ldim sarson, qara bu holga.

Garchi bisyor ishqqa dardi hijron,
Dardga darmon o`zing janon,
Ahvolim sensiz yomon.

Yana keldim seni izlab, yorim,
Vasling o`ylab, isming so`ylab,
Sog`inib seni, jonim, mana keldim.

Sensiz har onda yondi dilim,
Gohi gumonda sindi dilim,
Topdim axiri seni, gulim.
Dil to`ri sen uchun,
Ko`z nurim sen uchun,
Sevgingni ayt, yor, bir men uchun.

Yana keldim seni izlab, yorim,
Vasling o`ylab, isming so`ylab,
Sog`inib seni, jonim.
Mana keldim seni izlab, yorim,
Shahzodang bo`lib, bir nazar qilib,
Tinglagin qalbim zorin, mana keldim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yana keldim
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016