Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart

Baxtiyor Rahmonov

Fevral-mart

Titroq novdalarda uyg’onar hayot,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashil tuyg’ulardan chayqalasan shod,
Fevral o’tib borar, yaqinlashar mart.

Musaffo ruhingni alqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to’ldirar eng go’zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo’llaring.

Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday go’zal.
Ikki fasl sening ko’nglingga qarar,
Ko’nglingni avaylab qisqarar fevral.

Uning himmati keng toki sen borsan,
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga.
Kundan kun go’zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.

Havasim sengadir, shodlik ortmoqda,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o’tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Fevral-mart
Xonanda:
Baxtiyor Rahmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2015