O’t solib ketdi yurakka ul go’zal Ra’no kulib,
Ortiga boqdi ketarda menga ming ma’no kulib.
Necha kundir yo’llarida intizordir ko’zlarim,
Yoki ul bechora ko’nglim qildimu shaydo kulib? (x2)

Ra’no, yo’llarida intizordir ko’zlarim,
Ra’no, axtarurman hech topolmay izlarin.
Ra’no, qilmagin zor sho’xligu bejo kulib,
Kela qol, jonginam, Ra’no, Ra’no.

Qilsa shaydo rozi erdim, rozi erdim men abad,
Sodda ko’ngilga muhabbat soldi ul zebo gulin.
Axtarurman bog’-chamanni hech topolmay izlarin,
Gohida yig’lab olurman, gohida tanho, kulib.

Ra’no, yo’llarida intizordir ko’zlarim,
Ra’no, axtarurman hech topolmay izlarin.
Ra’no, qilmagin zor sho’xligu bejo kulib,
Kela qol, jonginam, Ra’no, Ra’no, Ra’no.

Ishq bilan o’ynashmagin, hargiz sevar bo’lsang agar,
Deb edi kim, yoki yolg’on aytdimi dono, gulim?
Necha kundir yo’llarida intizordir ko’zlarim,
Yoki ul bechora ko’nglim qildi bu shaydo kulib?

Ra’no, yo’llarida intizordir ko’zlarim,
Ra’no, axtarurman hech topolmay izlarin.
Ra’no, qilmagin zor sho’xligu bejo kulib,
Kela qol, jonginam, Ra’no, Ra’no, Ra’no.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ra’no
Xonanda:
Baxtiyor Rahmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 23, 2015