Bayram guruhi - Bayram kuylasa qo'shiq matni, lyrics

Bayram guruhi

“Bayram” kuylasa

Tarixingdir tillarda doston,
Qarang, quyoshli moviy osmon.
Bayramlaring bunchalar go`zal,
Baxt-u sevinchga to`la bo`ston.

Yosh-u qari hamma bayramda,
Sho`x yangrasa tor-u chirmonda.
“Bayram” o`g`lonlari kuylasa,
Raqqosalar o`ynar davrada.

Jarang-jaranglaydi sho`x ovozlar,
Qarang-qarang, davrada go`zallar.
“Bayram” kuylasa, o`ynar go`zallar,
Bugun bayram, to`y-u tomosha.

“Bayram” kuylasa, o`ynar go`zallar,
Bugun bayram, to`y-u tomosha.

O`zbegim go`zal ayyomida,
Momolarim kuylaydi yor-yor.
Ulug` xalqimning bayramida
Go`zal qiz-u sho`x yigitlar bor.

O`zbegimga bayram muborak,
O`ynab-kulaylik bu zamonda.
Olam ichra go`zalim, o`lkam,
Ta’rifing kuylaylik bayramda.

Jarang-jaranglaydi sho`x ovozlar,
Qarang-qarang, davrada go`zallar.
“Bayram” kuylasa, o`ynar go`zallar,
Bugun bayram, to`y-u tomosha.
“Bayram” kuylasa, o`ynar go`zallar,
Bugun bayram, to`y-u tomosha. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
“Bayram” kuylasa
Xonanda:
Bayram guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2017