• Bekmurod Jo'rayev - Do'mbiram

    Bekmurod Jo'rayev

    Do’mbiram

    Daranglasin-a do`mbiram,
    Varanglasin-a do`mbiram,
    Qaynab-a, jo`shib-a chertay man,
    Jaranglasin-a do`mbiram. (x2)

    Dardimni doston qilayin,
    Asadni o`nga bo`layin, (x2)
    Do`mbiram chalib kuylamay-ey,
    Enajon, nima qilayin?

    Yonima bir pas keluvdi,
    Baxshiligimni biluvdi, (x2)
    Do`mbiramni-ya, yoronlar,
    Alpomish sovg`a qiluvdi-yey.

    Termalar terib beraymi,
    Oyog`im toshga uraymi? (x2)
    Jilviri cho`lda qo`y boqib-a,
    Cho`poning bo`lib yuraymi?

    Elimda bordir el boshim,
    Yurtima yordir yurt boshim, (x2)
    Yurtimiz gullab-yashnasiney,
    Xudoyim bo`lsin yo`ldoshi-ey.

    Daranglasin-a do`mbiram,
    Varanglasin-a do`mbiram,
    Qaynab-a, jo`shib-a chertay man,
    Jaranglasin-a do`mbiram. (x2)

    Qirq oyoq, qirq bosh ko`rganim,
    Qaytib-a tursa, urganim. (x2)
    Bu ishim nima bo`ladi-ya,
    Jigitman, deb-a jurganim.

    Yonima bir pas keluvdi,
    Baxshiligimni biluvdi, (x2)
    Do`mbiramni-ya, yoronlar,
    Alpomish sovg`a qiluvdi-yey.