Bilol Isxakov - Surxon qizi

Bilol Isxakov

Surxon qizi

Kiprigi uzun, sochlari o`rim
Surxondaryo go`zali.
Erkalanar nozlar qilib,
Shirin-shakar so`zlari.

Surxonlik qiz go`zal oy,
Sen go`zalmi yoki oy?
Oy desam, oydanda oy,
Sevib qoldim Go`zaloy.

Aylonayin qora ko`zli
Surxondaryo go`zali.
Ko`rsam yurak erib ketar,
Go`zallarning go`zali.

O`rgilayin bo`ylaridan,
Ko`rib aqlim lol qolar.
Sevib qoldim shu qizchani,
Surxondaryo go`zali. (hay yor-a)

Go`zali… go`zali… {x2}

Italiyaning, Ispaniyaning
Qizlari senga yetmaydi.
Go`zal qizning nozlari, oh,
Ko`z oldimdan ketmaydi.

Surxonlik o`sha qizcha
Yuzlari shirmoy kulcha.
Mendan qochma, kel yaqin,
O`pib olay to`yguncha.

Aylonayin qora ko`zli
Surxondaryo go`zali.
Ko`rsam yurak erib ketar,
Go`zallarning go`zali.

O`rgilayin bo`ylaridan,
Ko`rib aqlim lol qolar.
Sevib qoldim shu qizchani,
Surxondaryo go`zali.

Go`zali… go`zali… {x2}

Aylonayin qora ko`zli
Surxondaryo go`zali.
Ko`rsam yurak erib ketar,
Go`zallarning go`zali.
O`rgilayin bo`ylaridan,
Ko`rib aqlim lol qolar.
Sevib qoldim shu qizchani,
Surxondaryo go`zali. (x2)

Go`zali… go`zali… {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Surxon qizi
Xonanda:
Bilol Isxakov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 18, 2016