• Bobomurod Hamdamov - Ko`rdim yuzingni devona bo'ldim

    Bobomurod Hamdamov

    Ko’rdim yuzingni devona bo’ldim

    Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
    Aqli hushimdan begona bo`ldum.
    Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
    Aqli hushimdan begona bo`ldum.

    Tortib jafoni o`lsam ko`yingda,
    Topolmay hargiz mardona bo`ldum. (x2)
    Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
    Aqli hushimdan begona bo`ldum. (x2)

    Bo`lib jahonda rasvoi olam,
    Yaxshi-yamonga afsona bo`ldum.

    Kavsar sharobi yodimg`a kelmas,
    La`li labingdin mastona bo`ldum.
    Mastona bo`ldum, mastona bo`ldum,
    Mastona bo`ldum man, mastona bo`ldum.

    Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
    Aqli hushimdan begona bo`ldum. (x2)

    Yumdum ko`zumni sendin bo`lakdin,
    Kechdim baridin, rindona bo`ldum.
    Ko`rdum tushumda sham`i jamoling,
    Charx urub ondin parvona bo`ldum.

    Ishqing mayini sundi bu jismim,
    Ham soqi-yu ham paymona bo`ldum.
    Bir qatra erdim, cho`mdum dengizga,
    Kirdim sadafga – durdona bo`ldim.

    Kuydirmasa o`t, bo`lmas yag`och cho`g`,
    Ishq o`ti birlan hamxona bo`ldum.
    Bo`ldum fano men tufrog` ichinda,
    Bir dona erdim, ming dona bo`ldum.

    Ul yuz o`tida bud bo`ldi nobud,
    Jon jong`a kirdi, jonona bo`ldum.
    Tegdi ko`zingdin har damda ming tiyr,
    Avval edim dasht, gulxona bo`ldum.

    Bir necha yildur yordin judoman,
    Bilmay o`zumni hayrona bo`ldum.
    Kuymas,dedilar, ma`murai ganj,
    Obod edim man, vayrona bo`ldum.

    Mashrabga may sun mayxona ichra,
    Kechtim baridin – rindona bo`ldum.
    Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
    Aqli hushimdan begona bo`ldum.