Bojalar guruhi - Ado bo'ldi

Bojalar guruhi

Ado bo’ldi

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Gado bo’ldi jonim-a.

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Yonar bo’ldi jonim-a.

Onajonim aytardi:
Adashmagin, jon bolam.
Qaysarligim tufayli
Borimdan kechdim, onam.

Yaqinlarim orttirsam,
Ishonchimni sotdilar.
Yolg’iz yashayman desam,
Shunda ham tosh otdilar.

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Gado bo’ldi jonim-a.

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Yonar bo’ldi jonim-a.

G’iybatlarning dasdidan
Qaro bo’ldi yuzim-a.
Tuxmatlarning kasridan
Judo bo’ldim yorimdan.

Dor ostiga borganda
Shirin bo’ldi jonim-a.
Qo’lga sharob olganda
Javobidan qo’rqdim-a.

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Gado bo’ldi jonim-a.

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Yonar bo’ldi jonim-a.

Bir qultum ichgan choyim
Tomog’imdan o’tmaydi,
Kambag’alning kosasi
Sinib, butunlanmaydi.

Qo’limga oldim qalam,
Ichimda dardu alam.
Dardimni yozmoq uchun
Bardosh bermaydi qalam.

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Gado bo’ldi jonim-a.

Ado bo’ldi jonim-a,
Gado bo’ldi jonim-a,
Hayot tashvishlaridan
Yonar bo’ldi jonim-a.

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ado bo’ldi
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 9, 2016