Bojalar guruhi - Andijon (Yalli yallola)

Bojalar guruhi

Andijon (Yalli yallola)

Muloyim janonam, kulgin bayramona,
Jaydari tarona jaranglab o`tadi
Sen uchun va yana davrada
O`zing yagona, yagona.

Tasir-tusur usulda jonlanib yanada,
Qoshingni qoqib orada taqir-tuqur poshnada,
Atrofu yoningda kayfiyat darajada
Zo`r, juda zo`r!

Yalli-yallola, yallama yorim, yallola,
Yalli-yallola, sochlari tolim lola.
Yalli-yallola, nozli nihol, yallola,
Yalli-yallola, nozli-nozli yallola. (x2)

Qo`llab turar ritm-bass,
Doira ham bo`sh kelmas, g`ala-g`ovur arimas,
Amma, xola, tog`ayu, hammada bor havas,
Go`zal san’ating chakkimas, chakkimas.

Tasir-tusur usulda jonlanib yanada,
Qoshingni qoqib orada taqir-tuqur poshnada,
Atrofu yoningda kayfiyat darajada
Zo`r, juda zo`r!

Yalli-yallola, yallama yorim, yallola,
Yalli-yallola, sochlari tolim lola.
Yalli-yallola, nozli nihol, yallola,
Yalli-yallola, nozli-nozli yallola. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Andijon (Yalli yallola)
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2016