• Orqangda “tanka”, tagingda mashina,
    Yuqorida akalaring “krisha”, “normalniy krisha”.
    Men esa oddiy bolaman,
    Kecha do`stlarim sovg`a qildi yangi “lijam”,
    Ajoyib “lijam”, “podarok”, esdalik!

    Endi men ham piyodamasman,
    Ertaga yangi “Mers”im keladi.
    Otam Moskvadan yuboradi,
    Lekin bir muammo tug`iladi –
    Qoidani bilmayman.

    Anhor bo`yida kafeda tanishganmiz,
    Muzqaymoq yeb, ketidan “tarxun” ichganmiz.
    Uchrashay deyman, lekin
    Restoranga pul yetmas,
    Qor yog`votti, uyingda o`tir bir pas!

    Qo`lingda tillalaring ko`p,
    Qimmatbaho taqinchoqlaringni sevasan, ko`z-ko`z qilasan.
    Men esa oddiy bolaman,
    Senga uylansam, boshimda yong`oq chaqarsan,
    Foydalanarsan, soddaligim bilarsan.

    Endi men ham piyodamasman,
    Ertaga yangi “Mers”im keladi.
    Okam Moskvadan yuboradi,
    Lekin bir muammo tug`iladi –
    Qoidani bilmayman.

    Anhor bo`yida kafeda tanishganmiz,
    Muzqaymoq yeb, ketidan “tarxun” ichganmiz.
    Uchrashay deyman, lekin
    Restoranga pul yetmas,
    Qor yog`votti, uyingda o`tir bir pas!

    (Boqqa kirsam maylimi,
    Gullar tersam maylimi?
    Xo`roz bilan tovuqqa
    Donlar bersam maylimi?

    Aka, aka, akajon,
    Puliz bo`ladi qachon?
    Aka, aka, akajon,
    To`yiz bo`ladi qachon?)

    Anhor bo`yida kafeda tanishganmiz,
    Muzqaymoq yeb, ketidan “tarxun” ichganmiz.
    Uchrashay deyman, lekin
    Restoranga pul yetmas,
    Qor yog`votti, uyingda o`tir bir pas! (x2)

    Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.