• Jazirama saratonda tong saharlabdan issiq,
    Boshlanadi ayni paytda atrofda daraja qirq.
    Soyabonning tagidagi orzularga mahliyo
    Bo`lib o`tadi kunlarim, oroldaman man go`yo.

    Dengizning shum shovqini, katta ulkan to`lqini,
    Larzaga soladi go`zal manzaraning bir turi.
    Muzqaymoqlar bir talay, ichimliklar yaxmalak,
    Xullas aytganda, hammasi man o`zim xohlaganday.

    Antaliya-a-a-a…

    Sitsiya-Sitsiliya, Antali-Antaliya,
    Buncha uzoq bo`lmasa Gavayi oroliya?
    Gavayi oroli-ya, Sitsiya-Sitsiliya,
    Buncha uzoq bo`lmasa Antali-Antaliya?

    Harorat oshib boradi borgan sari issiqdan,
    Huzurnavo orollari ketmaydi hech xayoldan.
    Palma daraxt soyasida atrofga nazar solib,
    O`tiraman salqin joyda, o`tgan ketganga boqib.

    Lacettili qizchalar dumalab qumda dam olar,
    Ko`zguga qarab yana kecha kunduz ovora.
    “Услуга”lar bir talay, xizmat ko`rsatish qalay,
    Manzilga yetib olguncha biznes klassda dam olay.

    Antaliya-a-a-a…

    Sitsiya-Sitsiliya, Antali-Antaliya,
    Buncha uzoq bo`lmasa Gavayi oroliya?
    Gavayi oroli-ya, Sitsiya-Sitsiliya,
    Buncha uzoq bo`lmasa Antali-Antaliya? (x1+x2)

    Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.