• Bojalar guruhi - Asal asal so'zlar

    Bojalar guruhi

    Asal asal so’zlar

    Yulduzlarni sanab-sanab,
    Uyqum qochar bu tunda.
    Yurak-yurak notinch urar,
    Yonib hilol dardida.

    Ko`zlaridan charaq-charaq
    Yulduz mehri yonadi.
    So`zlaganda dona-dona
    Yuragimni yoqadi.

    Parvonaman-parvonaman qalam qoshingga,
    Seni dona shirin so`zingga.

    Asal-asal so`zlar meni
    Qilar doim devona.
    Shirin-shirin nozlar meni
    Qilar nega mastona? (x2)

    Qizlar aro tanlaganim,
    Shiringinam o`zingsan.
    Qalbim ichra yangraganim
    Go`zal sado o`zingsan.

    Qarab-qarab to`ymaganim,
    Go`zal hilol parisan.
    Kulib-kulib menga boqib,
    Aqlim olgan go`zalsan.

    Parvonaman-parvonaman qalam qoshingga,
    Seni dona shirin so`zingga.

    Asal-asal… Asal-asal…

    Asal-asal so`zlar meni
    Qilar doim devona.
    Shirin-shirin nozlar meni
    Qilar nega mastona? (x2+x3)

    Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (Bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.