• Bojalar guruhi - Atirgulim qo'shiq matni, lyrics

    Bojalar guruhi

    Atirgulim

    Atirgulim, atring qayga taraladi?
    Bog` ichida seni kimlar saraladi? (x2)
    Bog` ichida bir suluvga ko`ngil qo`ysam,
    Suluv qurg`ur dilginamni yaraladi. (x2)

    Atirgulim, atring qayga taraladi?
    Bog` ichida seni kimlar saraladi?

    Tuzat o`zing dilginamning yarasini,
    Ayamagin bo`ylaringning sarasini.
    Men ham bir bor ko`ngil qo`yib suydim, netay,
    Topolmadim bu sevgining chorasini.

    Men ham bir bor ko`ngil qo`yib suydim, netay,
    Topolmadim bu sevgining chorasini.

    Atirgulim, atring qayga taraladi?
    Bog` ichida seni kimlar saraladi?

    Taqdir desam, taqdir shumi, sevmay o`lay,
    Har soniya ishqing bilan kuymay o`lay.
    O`zing qo`lla endi meni, Yaratganim,
    Aro yo`lda sari-sarson bo`lmay o`lay.

    O`zing qo`lla endi meni, Yaratganim,
    Aro yo`lda sari-sarson bo`lmay o`lay.

    Atirgulim, atring qayga taraladi?
    Bog` ichida seni kimlar saraladi?
    Suluv qurg`ur dilginamni yaraladi,
    Suluv qurg`ur dilginamni yaraladi…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.