• Bojalar guruhi - Aytolmadim

    Bojalar guruhi

    Aytolmadim

    Yoshligimni eslab, sayru bog`u xiyobon,
    Yodimda qolgansan, nozli qora ko`z janon.
    Tingla shu zamonning kuylari mungli nolon,
    “Nozalgiya”, “nostalgiya”.

    Ko`chamdan kun ora o`tib-ketib turarding,
    Bechora qalbimni eza-yu pora qilarding.
    Seni sevishimni bilmading, yor bilmading,
    Voy ming afsus, minglar afsus.

    Aytolmadim, hech aytolmadim,
    Kechalari bedorligim aytolmadim.
    Aytolmadim, hech aytolmadim,
    Ishqingda man bemorligim aytolmadim.

    Qosh-ko`zingga atab she’rlar yozib turardim,
    Muhabbat bobida yig`lashni ham o`rgandim.
    Ehtimol deganda xayol surib qo`yardim,
    “Nozalgiya”, “nostalgiya”.

    Yoningda yon turib, suhbat qilgim kelardi,
    Borib so`zlay desam, hayajonim ortardi.
    “Hoy yigit, qandaysiz”, desang nima bo`lardi?
    Voy ming afsus, minglar afsus.

    Aytolmadim, hech aytolmadim,
    Kechalari bedorligim aytolmadim.
    Aytolmadim, hech aytolmadim,
    Ishqingda man bemorligim aytolmadim.

    Aytolmadim, hech aytolmadim… {x2}

    Aytolmadim, hech aytolmadim,
    Kechalari bedorligim aytolmadim.
    Aytolmadim, hech aytolmadim,
    Ishqingda man bemorligim aytolmadim.

    Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.