Qalbdan iymon uzib, soxta oila tuzib,
Nelarga erishding tinch oilani buzib?
Puli ko`plar senga yor-a,
Biri oligarx yo sinyora,
Foydangdan saning zararing ko`proq.

Turatursin esda, soxta “nevesta”,
Uying bormi, puling bormi,
O`tib ketar tezda,
Faqat sandakalar yomon bez-da.

Tezda qolsin esda,
Shuncha gapirgan gaplarim maning chetda.
Necha yillik tajribadan qotib ketgan bet-da,
Etda, mana betda,
Oqibatda yana qolib ketmagin chetda.

Ko`zingga ko`rinmas, senga hecham bilinmas
Yetimning ko`z yoshi, yoshlar begunohlar.
Chizilasan yurakka, ohim yetmas falakka,
Rahming kelmaydimi begunoh go`dakka?

Esda, qolsin esda,
Undaylardan uzoq yurgin tezda.
Mana o`ylab, gapim o`ylab,
Or-nomusdan xabari yo`q Leyla.

Sanga atalgan yana nechta?
Tirik yetim qilgan bolang dardini kim eshitar?
Eshitar, mana eshitar,
Saning kuning kelganida kim sani eshitar?

Yurgan yo`ling zaharlab ketding,
Oilani buzding, maqsadingga yetding.
Mayli bo`lsin ko`ngling to`q,
Axir yomonga o`lim yo`q.

Ko`zingga ko`rinmas, senga hecham bilinmas
Yetimning ko`z yoshi, yoshlar begunohlar.
Chizilasan yurakka, ohim yetmas falakka,
Rahming kelmaydimi begunoh go`dakka?

Ko`zlaringni suzmagin, oilani buzmagin,
Taqdir to`fonida o`zing to`zimagin.
U ham kimdir bolasi, farzandining onasi,
Urmasin keyin sani yetim nolasi.

Ko`zingga ko`rinmas, senga hecham bilinmas
Yetimning ko`z yoshi, yoshlar begunohlar.
Chizilasan yurakka, ohim yetmas falakka,
Rahming kelmaydimi begunoh go`dakka?

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bevafo
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 1, 2016