• (Ayt, ayt, u qiz qani, binafshajon?)
    Voy, man binafshamasman.
    (Ayt, ayt, aytaqolgin, binafshajon)
    E, yoshligimda to`g`ri binafsha sotganman.
    (Ayt, ayt binafshajon)
    Voy, yana binafsha deydimi?
    (Huo-hoo, binafshajon)

    [Bojalar guruhi]
    Retro, mana retro,
    Hama sin laka fom mama hemzet,
    Retro, mana retro,
    Rum begam bagama, rum begam bagada. (x2)

    Suv bo`yida binafsha
    Bahor bilan uchrashdi,
    Bo`yiga yetgan qizlarga
    Gala sovchi ilashdi.

    Binafshajon, binafsha,
    Kokillaring haydarsan.
    Menga loyiq qiz topsang,
    Qulog`imga aytarsan.

    [Ilhom Farmonov]
    Binafshajon, binafsha, (“oka” mani ashulamni aytmang)
    Kokillaring haydarsan.
    Menga loyiq qiz topsang,
    Qulog`imga aytarsan.

    Ayt, ayt, u qiz qani,
    Binafshajon, binafsha?
    Ayt, ayt, aytaqolgin,
    Binafshajon, binafsha.

    [Bojalar guruhi va Ilhom Farmonov]
    Ayt, ayt, u qiz qani,
    Binafshajon, binafsha?
    Ayt, ayt, aytaqolgin,
    Binafshajon, binafsha.

    [Ilhom Farmonov]
    Men g`aribga sovchilik
    Sendan o`zga kim qilgay? (man qilaman, man “oka”)
    Guldan nozik qiz qalbin
    Sen bilmasang, kim bilgay? (voy u aniq bilmaydi)

    To`y qilamiz keng chaman,
    Ariqlarning bo`yida.
    (e, past ketmang “oka”, “Versal” deng, “Versal”)
    O`zing o`ynab berarsan
    Muhammadning to`yida. (man ham o`ynayman “oka”)

    To`y qilamiz keng chaman,
    Ariqlarning bo`yida. (oh, oh, oh, oh)
    O`zing o`ynab berarsan (man o`ynayman, man, man)
    Muhammadning to`yida.

    [Bojalar guruhi va Ilhom Farmonov]
    Ayt, ayt, u qiz qani,
    Binafshajon, binafsha?
    Ayt, ayt, aytaqolgin,
    Binafshajon, binafsha. (x2)

    [Bojalar guruhi]
    Retro, mana retro,
    Hamma raqsga tushamiz-a retro.
    Ho, retro, mana retro,
    Binafsha ho, binafsha ho.

    Retro, mana retro,
    Raqsbop qo`shiq mana, retro, ha.
    Retro, mana retro,
    Ye, bina-binafsha, mana bina-binafsha, ha.

    (Ayt, ayt, u qiz qani?)
    Chiyillasam ham gapirmayapti.
    Yo binafshani man tushunmayapman,
    Yo binafsha mani tushunmayapti.
    Ihom aka, iltimos yordamlashvoring.

    [Ilhom Farmonov]
    Ayt, ayt, u qiz qani?
    (Hammamiz o`ng qo`l, chap qo`l,
    O`ng oyoq, chap oyoq o`ynaymiz-a)
    Ayt, ayt, aytaqolgin.
    (Yelkalarni qimirlatib-qimirlatib,
    Qoshlarni qoqib o`ynaymiz-a)

    [Ilhom Farmonov]
    Ayt, ayt, u qiz qani,
    Binafshajon, binafsha? (bina, binafsha)
    Ayt, ayt, aytaqolgin,
    Binafshajon, binafsha. (bina, binafsha)

    Ayt, ayt, u qiz qani,
    Binafshajon, binafsha?
    Ayt, ayt, aytaqolgin,
    Binafshajon, binafsha.

    [Bojalar guruhi]
    Everybody gentlmen and ladies,
    Mana bugun yangi yilga keldingiz.
    Chap yelkani o`ng yelkaga,
    O`ng yelkani chap yelkaga,
    O`ng oyoq, chap oyoq,
    Mundoq, mundoq, mundoq qimirlatib,
    Retro raqslarga tushdiz.
    Qani ketdik, hov, hov!

    Bina-binafsha,
    Mana bina-binafsha, ho!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.