Ey Buxoro, “qannay bo`lopti”,
Kayfiyatlar chog`mi?
“Moshincha”larni minvolib,
“Sambufer”larni yoqvolib,
Metanchani orqaga osvolib,
Mana keldim, Buxoro, salom alaykum!

Shofrikonning, Shofrikonning yo`liga,
G`ijdivonning, G`ijdivonning ko`rkiga,
Romitonning, Romitonning qiziga
Ko`zim tushdi, Dilorom.

Labi-Labi Hovuzingdan aylanay,
Kalon minoringdan man o`rgilay,
Romitonga mening-mening yo`rg`alay,
Ishqim tushdi, Dilorom.
O`-o` Buxoro, salam alaykum.

Chaqir-chaqir, ketdi go`zal,
Shivir-shivir so`zi asal.
Qara-qara, buncha go`zal,
“Bera nima bo`lopti”, Dilorom?

Chaqir-chaqir, ketdi go`zal,
Shivir-shivir so`zi asal.
Qara-qara, buncha go`zal,
“Bera nima bo`lopti, yana mullo”?

Buxoroda mana-mana uchrashdik,
Dili-Dilorom bilan ahdlashdik.
Akalari polvon, quvganda
Ark devoridan sakrashdik.

Labi-Labi Hovuzingdan aylanay,
Kalon minoringdan man o`rgilay,
Romitonga mening-mening yo`rg`alay,
Ishqim tushdi, Dilorom.
O`-o` Buxoro, “qannay”?

Chaqir-chaqir, ketdi go`zal,
Shivir-shivir so`zi asal.
Qara-qara, buncha go`zal,
“Bera nima bo`lopti”, Dilorom?

Chaqir-chaqir, ketdi go`zal,
Shivir-shivir so`zi asal.
Qara-qara, buncha go`zal,
“Bera nima bo`lopti, yana mullo”?

Kabobchasi mazali,
Sho`rvachasi dumbali,
Patirchasi jizzali,
Diloromim qani?

Ey Dj, chaling dovulni,
Tezda chaylang ovulni,
Tog`a, so`ying qovunni,
Diloromim qani?

Pochcha, yoqing qozonni,
Jiyan, o`ring gazonni,
Tozalanglar xazonni,
Diloromim qani?
Voy-yo Buxoro, Dilorom qani?

Chaqir-chaqir, ketdi go`zal,
Shivir-shivir so`zi asal.
Qara-qara, buncha go`zal,
“Bera nima bo`lopti”, Dilorom?
Chaqir-chaqir, ketdi go`zal,
Shivir-shivir so`zi asal.
Qara-qara, buncha go`zal,
“Bera nima bo`lopti, yana mullo”? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Buxoro
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 19, 2016