Bojalar guruhi - Chang ko'chalar

Bojalar guruhi

Chang ko’chalar

Obbo erkam, devonu g`azal,
Pichir-pichir zaboni asal,
Modaga qarab kiyinmagan
Soddagina anbarim azal.

Voy qarama, dilima rabo,
Qarab boshima yoqdirma balo.
Dukur-dukur yurak urar,
Ro`baro bo`lib qolsam agar.

Chang, chan, chang ko`chalar,
Bedavo zor ko`chalar,
Yorimning mahallasi,
Rayhonli tor ko`chalar. (x2)

Qo`llaring taqinchoqlaringga to`la,
Yuzlaring yaltiroq o`smayu upa.
Ko`z tegib qolmasin, asalim, voy-ey,
Rizvoni gulim likillayverma.

Sochlarim orqaga tarab olaman,
Atir-patir sepib olaman,
Chopqillab borib shu holda, dod-ey,
Yoqmasam agar, oh netaman?

Chang, chan, chang ko`chalar,
Bedavo zor ko`chalar,
Yorimning mahallasi,
Rayhonli tor ko`chalar. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chang ko’chalar
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016