Bojalar guruhi - Chanqadim

Bojalar guruhi

Chanqadim

Chanqadim, chanqadim
Sevgining sharobiga.
Chanqadim, chanqadim-ey
Shirin so`z ziloliga. (x2)

Oxiri jondan to`ydirma san,
Bu jonu-dilim to`ldirma san,
Butunlay mendan olis bo`lding,
Xolis bo`lding nazarimdan.

Jazirada ham salqinim yo`q,
Hozir yonimda sevgilim yo`q.
U bo`larmikan, kelarmikan?
Bu yolg`izlik yomon ekan.

Chanqadim, chanqadim
Sevgining sharobiga.
Chanqadim, chanqadim-ey
Shirin so`z ziloliga. (x2)

Bekinib yurar u meni ko`rsa,
Ko`zlarim kular salom bersa.
Qaniydi, shu qiz kelganicha
Xonadonimda qolib ketsa.

Jazirada ham salqinim yo`q,
Hozir yonimda sevgilim yo`q.
U bo`larmikan, kelarmikan?
Bu yolg`izlik yomon ekan.

Chanqadim, chanqadim
Sevgining sharobiga.
Chanqadim, chanqadim-ey
Shirin so`z ziloliga. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chanqadim
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 1, 2017