• Bojalar guruhi - Cho'pon yigit (Qo'ylar boqib)

    Bojalar guruhi

    Cho’pon yigit

    Cho`pon yigit sevib qolgan kunidan boshlab o`zini qo`yarga joy topolmabdi.
    U kimligini bilsa, sevgan yori uni mensimasligidan qo`rqib qobdi.
    Shu payt qo`liga shartta rubob olib, mana shu ashulalarni aytvoribdi:

    Yurarmishman qo`ylar boqib,
    Yurarmishman mollar boqib,
    Ay yorim, mani-ay.

    Hozir ishim rivojlangan,
    Ko`rinishim zo`r, kelishgan.
    Qalbu xayoli
    Yorga atalgan mane.

    Lekin ushbu mohitabone,
    O`tmishimni tinglabone,
    So`zsiz zabone mane,
    Qaltirar-ey yor-yore.

    Cho`pon bo`lgandirman avval,
    Lekin aytar so`zim dangal,
    Mohiro`yi go`zal mane,
    Ayladi kasal mane.

    Yorim mane lol-lol,
    Qalbim unga zor-zor,
    Shirin zabone mane,
    Asal ovoze mane. (x2)

    Hozir mashinalar tezkor,
    Avval edi sodiq tulpor,
    Qir-adir uzra
    Chopardi ko`p bor, bore.

    Endi bo`lib olijanob,
    Har gapimga berib javob,
    Olib ketayin sani
    Qishlog`i tomonim mani.

    Cho`pon bo`lgandirman avval,
    Lekin aytar so`zim dangal,
    Mohiro`yi go`zal mane,
    Ayladi kasal mane.

    Yorim mane lol-lol,
    Qalbim unga zor-zor,
    Shirin zabone mane,
    Asal ovoze mane. (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.