• Bojalar guruhi - Dadamning kovushi

    Bojalar guruhi

    Dadamning kovushi

    Ko`chani changitardim “родной точка” – eski shahar,
    Kulguli tuyulardi qo`shni qizcha bir paytlar.
    Ko`chani changitardim, qadrdonim eski shahar,
    Changigan ko`chalarga suv separdi qo`shni go`zal.
    Ko`chada “oka”larim o`rgatardi gap otishni,
    Sochidan tortar edim o`ylamasdan og`rishini.

    Dadamning kovushiga, kovushiga sabzi soldim men,
    Dadamning kovushiga, kovushiga sabzi soldim men,
    Hech nima sezmadilar, bilmadilar, otam sezmadi,
    Natija bermadi-ku, ne qilayin, foyda bermadi?

    Toshkentning o`rtasida yurganimda bitta pari
    Ko`zini suzib qo`ydi, tarbiyasi “yevropali”.
    Toshkentim o`rtasida yurganida bitta pari,
    Ko`zini suzib qo`ydi, tarbiyasi “yevropali”.
    Yurakda paydo bo`ldi tushunib bo`lmas ajib holat,
    Dardimni mani-mani aytish uchun til hijolat.

    Dadamning kovushiga, kovushiga sabzi soldim men,
    Dadamning kovushiga, kovushiga sabzi soldim men,
    Hech nima sezmadilar, bilmadilar, otam sezmadi,
    Natija bermadi-ku, ne qilayin, foyda bermadi? (x1+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.