Bojalar guruhi - Daleko

Bojalar guruhi

Далеко

Har ko`rganda seni, jonim, termulaman izingdan,
Parvo qilmay o`tasan-u, aylanayin nozingdan.
Baland poshna tuflilaring, yurishlaring o`zgacha,
Bu ko`chaning atirlari xushbo`y bo`lmasa buncha?

Mani yorim-ey zamonaviy,
Man bilan qilmas salom-alik.
O`zgacha bir, bir dunyo,
Man bolaman bir oddiy. {x2}

Далеко, я далеко,
Для тебя не далеко.
Malikaxon, Maliko,
Познакомимся легко. (x2)

Aql-u hushim olgan bo`ying, yarashgan qaddu-qomat,
Sevgim izhor etay senga, etma jonim sevgim rad.
Tillarang uzuk bilaging, sochlaringning jilosi,
Ado qildi bu nozlaring, qoshlaringning qarosi.

Mani yorim-ey zamonaviy,
Man bilan qilmas salom-alik.
O`zgacha bir, bir dunyo,
Man bolaman bir oddiy. {x2}

Далеко, я далеко,
Для тебя не далеко.
Malikaxon, Maliko,
Познакомимся легко. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Далеко
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 13, 2017