• Magnitofon tinglab, “Turbo” saqich chaynab,
    Banana shim kiyib olib, sochni gelga belab,
    O`tgan bizning yoshlik, g`ami yo`q beg`ubor beboshlik,
    Ilk bora sevib-sevilib, boshimiz aylanib.

    Disko-disko, Toshkent-San Fransisko,
    Na-na “ностальгия”, o`ng-chap, o`ng-chap.
    Disko-disko, Toshkent-San Fransisko,
    Ber badanga ritm, beg`ubor yoshlikni eslab.

    “Диктам” ishton “мода”, “disco-music” avjida,
    “Modern talking” deganlari jaranglar har yonda.
    O`tgan bizning yoshlik, g`ami yo`q beg`ubor beboshlik,
    Ilk bora sevib-sevilib, boshimiz aylanib.

    Disko-disko, Toshkent-San Fransisko,
    Na-na “ностальгия”, o`ng-chap, o`ng-chap.
    Disko-disko, Toshkent-San Fransisko,
    Ber badanga ritm, beg`ubor yoshlikni eslab.

    Bas gitarada Tursunboy Erqulov,
    Barabanlarda Qoraboy Tursunboyev.
    Solo gitara Navro`zbek Sotivoldiyev,
    Oq-qora klavishalarda Sotivoldi aka.

    (“Bojalar”, “Bojalar”… {x4})

    Disko-disko, Toshkent-San Fransisko,
    Na-na “ностальгия”, o`ng-chap, o`ng-chap.
    Disko-disko, Toshkent-San Fransisko,
    Ber badanga ritm, beg`ubor yoshlikni eslab.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.