O`z qo`ynimdan chiqqan ilonim –
Do`stim menga xiyonat qildi.
Nohaqlikdan og`riydi jonim –
Do`stim menga xiyonat qildi.

Kinolaru kitoblarda ham
Bunchalik ayanchli bo`lmagan.
Ayirdi u muhabbatimdan,
Do`stim menga xiyonat qildi.

Eh do`st, do`st, do`st,
Qancha gaping rost,
Qanchasi yolg`on, aytgin menga?
Do`st bo`lsang,
Yuragimga tushmasdi dog`lar,
Do`stim menga xiyonat qildi.

O sevgilim, o do`stim, nokas,
Shunchalar ham bo`lasanmi past?
Men o`zimdan ayrilganim rost,
Do`stim menga xiyonat qildi.

O`z qo`ynimdan chiqqan ilonim –
Do`stim menga xiyonat qildi.
Nohaqlikdan og`riydi jonim –
Do`stim menga xiyonat qildi.

Eh do`st, do`st, do`st,
Qancha gaping rost,
Qanchasi yolg`on, aytgin menga?
Do`st bo`lsang,
Yuragimga tushmasdi dog`lar,
Do`stim menga xiyonat qildi.

Eh, o`zingdan chiqqan baloga
Qayga ham borarding davoga?
Ishonchlarim uchdi havoga,
Do`stim menga hiyonat qildi

Kinolaru kitoblarda ham
Bunchalik ayanchli bo`lmagan.
Ayirdi u muhabbatimdan,
Do`stim menga xiyonat qildi.

Eh do`st, do`st, do`st,
Qancha gaping rost,
Qanchasi yolg`on, aytgin menga?
Do`st bo`lsang,
Yuragimga tushmasdi dog`lar,
Do`stim menga xiyonat qildi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’st
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 13, 2016